O‘zbekiston IIV o‘g‘rilardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobil o‘g‘risi
Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qibray tumanidagi uylarning birida yollanib ishlayotgan shaxs xonadon egasining Lacetti mashinasi, pullari va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Toshkent viloyati, Qibray tumani "Yoshlik" MFYda yashovchi, ishlamaydigan, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyida yollanib ishlab yurgan, Chirchiq shahrida yashovchi shaxs uy bekasi uxlab qolganidan foydalanib, o‘g‘rilikka qo‘l urdi, deb xabar bergan O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot-xizmati.

Jinoyatchilar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda odam o‘g‘irlab, 20 000 dollar talab qilgan to‘da ushlandi
Jinoyatchi uydan 1 million 200 ming so‘m pul, 700 dollar, LG televizori, SONY rusumli fotoapparat, iPhone mobil telefoni va turli qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib, uy egasining Lacetti avtomashinasiga yukladi va avtomashinani haydab voqea joyidan qochib ketgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan, 1971-yilda tug‘ilgan shaxs aniqlanib, ushlangan.

Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, qulfbuzar avtomashina o‘g‘rilari qo‘lga olingani haqida axborot bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, kechasi uning uyi oldidagi garajiga qulfini buzib, "VAZ — 2106" avtomashinasini o‘g‘irlab ketganligini aytgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni shu tumanda yashovchi, ishlamaydigan, 1996-yilda hamda 1998-yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0