Gretsiya uch nafar turk harbiysiga boshpana berishdan bosh tortdi

© SAKIS MITROLIDIS / AFPGretsiya politsiyachi turkiyalik zobit bilan birga
Gretsiya politsiyachi turkiyalik zobit bilan birga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiylar 16-iyul kuni vertolotda Aleksandrupolis shahriga uchib kelgan. Vertolot shu kunning o‘zidayoq Turkiya tomonga qaytarilgan.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik, Gennadiy Melnik. Gretsiya Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga harakatdan so‘ng mamlakatdan qochgan sakkiz turkiyalik harbiydan uch nafariga boshpana berishdan bosh tortdi, deb xabar qildi Gretsiyaning FRT jamoat televideniyesi. RIA Novosti xabari asosida.

Harbiylar 16-iyul kuni vertolotda Aleksandrupolis shahriga qarab qochishgan. Vertolot shu kunning o‘zidayoq Turkiya tomonga qaytarilgan. Turkiyalik harbiylar, mamlakatda ularni o‘lim jazosi kutayotganini aytib, boshpana so‘raganliklari ma’lum qilinmoqda. Rasmiy Anqara esa Gretsiyadan qochqinlarni berishni talab qilgan.

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on BMT Bosh Assambleyasida Turkiyadagi harbiy ison haqida so‘zlashga tayyor
"Qochqinlardan biriga mohiyatan, qolgan ikkisiga esa jarayon sabablariga ko‘ra boshpana berish rad qilindi", — deb xabar qilindi televideniyeda.

Qolgan besh nafar harbiy bilan kelgusi haftada takror intervyu qilinishi aytilmoqda.

Rad javobini olgan turkiyalik harbiylarning hammasi ushbu qaror yuzasidan Yevropa sudlariga shikoyat qilishga haqli.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada harbiy ison 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Harbiylar vertolot va tanklar yordamida aeroport, ko‘prik, OAV binolari va prezident saroyiga hujumlar uyushtirishgan. Turkiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga urinish harakatlari oqibatida 290 kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0