Lola Karimovadan "Ikat" haqida go‘zal post

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek hunarmandlari Sharq uyg‘onishidan bugungi davrgacha favqulodda ko‘rkamlik va mukammallik, yuksak did va madaniyat ila dunyoni lol etib kelmoqda, deb yozgan Feysbukdagi sahifasida Lola Karimova

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. "Ikat" uslubidagi ko‘hna to‘quvchilik hunari avloddan avlodga mo‘’tabar omonat o‘laroq o‘tib kelayotgan bebaho madaniy boyligimiz sanaladi. Betakror va benazir ipakchilik maktabi asrlar davomida nash’u namo topdi.

Lola Islamovna Karimova-Tillayeva - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova navbatdagi postini Usmon Nosirga bag‘ishladi
O‘zbekistonda "ikat" gazlamalar "abrbandi" (abr — bulut degani) deya sifatlanishi bejiz emas — naqqoshlar matoga zeb berishda, ta’bir joiz bo‘lsa, naq parqu bulutlardan ulgi olgan. Sirasini aytganda, Sharqda har bir kasbu hunar san’at darajasiga yetkazilgan va zamonlar o‘tishi bilan yangi avlod tafakkuri hamda taxayyuliga uyg‘un tarzda takomillashib-boyib borgan.

Abrbandi uslubidagi bezak, timsol va naqshu nigorlar mohir musavvir asari kabi maftunkor. Qolaversa, ularda o‘zbek zaminida umrguzaronlik qilayotgan hunarpesha xalqning olamni, odamni anglash bilan bog‘liq ko‘hna tasavvurlari mujassamdir.

O‘zbek hunarmandlari Sharq uyg‘onishidan bugungi davrgacha favqulodda ko‘rkamlik va mukammallik, yuksak did va madaniyat ila dunyoni lol etib kelmoqda. An’anaviy milliy san’at deya e’tirof etilgan ushbu ko‘hna hunar turfa tamaddun va xalqlarning tarixiy-madaniy qadriyatlarini uyg‘unlashtirgan holda, Ipak yo‘li bo‘ylab zamon va makonlar osha "sayohati"ni davom ettirayotir.

Milliy hunarmandlar o‘zbek xalqining chinakam madaniy boyligi — ipakchilik usullari va an’analarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelayotgani tahsinga sazovor.

XXI asrda bu nodir hunar tarixida uyg‘onish davri, gulgun fasl boshlangani rost bo‘lsin!"

Yangiliklar lentasi
0