TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Urgut tumani IIB 644-militsiya tayanch punkti xodimlari tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar qilgan Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.
Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda Urgut tumani IIB XOOB 644-militsiya tanyach punkti xodimlari tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb yozgan nashr.
Urgut tumani IIB XOOB profilaktika inspektori Zikir Husenov axborotiga ko‘ra, Samarqand shahri Chorraha mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi bilan suhbatlar tashkil etilgan. Muloqotlar davomida mahalladagi notinch oilalar, muqaddam sudlanganlar va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarga tushuntirishlar berilgan.
Shuningdek, 85, 86 va 123-umumta’lim maktablarida va Urgut milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida voyaga yetmagan yoshlar orasida turli huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilgan.