Ekspert: islomiy banklar omonatchilarni jalb etadi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishLinar Yakupov
Linar Yakupov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro valyuta fondining yaqinda o‘tkazgan tadqiqotida islomiy banklar moliyaviy inqirozga an’anaviy banklarga nisbatan chidamliroq bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘tgan haftada Tojikiston milliy banki raisi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi delegatsiyasi bilan respublikada islomiy banklarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Islom biznesi va moliyasini rivojlantirish fondi prezidenti Linar Yakupov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida islomiy banklar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Agarda MDH mamlakatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu borada eng ilg‘or davlat Qozog‘istondir, bu yerda prezidentning tegishli qarori qabul qilingan. Bu mamlakatda islomiy moliya tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan bir xorijiy va bir nechta milliy banklar faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston prezidentining qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Islom Taraqqiyot Banki 1,4 mlrd dollarlik qiymatga ega loyihalarni tayyorladi

Yana bir misol, bu Qirg‘iziston. Bu yerda 2006-yildan buyon EkoIslamikBank ishlab kelmoqda, bugungi kunga kelib 60-70 ming bank operatsiyalarini amalga oshirdi", — dedi Linar Yakupov.

Uning aytishicha, islomiy banklar salohiyatiga yetarlicha baho berilmaydi, ayniqsa, musulmonlar ozchilikni tashkil etadigan islomiy bo‘lmagan davlatlarda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi.

"Aholining katta qismi pulini uyida saqlaydi. Bankka qo‘yishga esa diniy ta’limot sababli, ya’ni sudxo‘rlik nuqtayi nazaridan xohish bildirishmaydi. Rossii ko‘pchilik islomiy bank islom mamlakatlarining sarmoyasini jalb etish uchun kerak deb xato o‘ylaydi, u birinchi navbatda aholining mablag‘ini jalb etish vositasidir", — dedi Yakupov.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro valyuta fondining yaqinda o‘tkazgan tadqiqotida islomiy banklar moliyaviy inqirozga an’anaviy banklarga nisbatan chidamliroq bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0