TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Farg‘ona shahridagi "Farg‘onaazot" AJda yuz bergan portlash oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi kasalxonaga yotqizilgan.
23 fevral kuni Farg‘ona shahridagi "Farg‘onaazot" korxonasidagi ammiak sexida ta’mirlash-montaj ishlari olib borilayotgan vaqtda portlash yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar bor, lekin ularning soni aytilmagan.
Hodisani o‘rganish bo‘yicha maxsus hukumat komissiyasi tashkil etildi.
"Portlash joyida besh kishi halok bo‘lgan, ular ta’mirlash brigadasi ishchilari bo‘lishgan. Yana bir necha kishi kasalxonaga yotqizildi", — degan korxonadagi manba RIA Novostiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, korxonada komissiya ish olib bormoqda, zavod faoliyati to‘xtatilmagan.
"O‘zkimosanoat" AJ va respublika FVV hukumat komissiyasi ishlashda davom etayotganligini bildirib qurbonlar haqidagi ma’lumotni izohlamagan.
"Farg‘onaazot" korxonasi 1956-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirgi kunda ammiak selitrasi va karbamid ishlab chiqaruvchi eng yirik kimyo sanoati korxonasi hisoblanadi.
Korxona loyiha quvvatiga ko‘ra yiliga 270 ming tonna karbamid va 350 ming tonna selitra ishlab chiqaradi.