Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasiga rahbarlar tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining farmoniga asosan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan Mahmud Mo‘minovich Muratov Madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mahmud Muratov 1970-yildan Respublika bolalar musiqa tarbiya internat o‘qituvchiligidan mehnat faoliyatini boshlagan. So‘ngra Madaniyat ishlari vazirligi Maxsus tadbirlar va konkurslar bo‘limi mudiri, Musiqa tashkilotlari boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rahbari bo‘lib ishlagan.

Yangi Madaniyat vazirligining vazifalari belgilab berildi

U shuningdek, Madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori, 2015-yildan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga esa Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori Rustam Javdatovich Qurbonov rais etib tayinlandi.

Rustam Qurbonov Toshkent shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Bektemir tumani hokimi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, "O‘zbekturizm" kompaniyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimi, 2009-yildan boshlab Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga asosan Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0