TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova kuni kecha Rossiya TIV saytida "soxta xabarlar"ga bag‘ishlangan maxsus rukn ochilgani haqida e’lon qildi.
"Xabarlar"ning ilk to‘plami allaqachon e’lon qilindi. Ushbu rukn muntazam ravishda to‘ldirilib boraveradi", — deb aytdi Zaxarova.
Rossiya TIV vakili agar maqola mualliflarida e’tiroz paydo bo‘lsa, Rossiya tomon bu e’tirozning tagiga yetish uchun "orani ochiq" qilishga tayyorligini ham aytib o‘tdi.
"Biz chet ellik muxbirlar bilan muntazam ravishda ish olib boramiz. Ular bizni qayerdan topishni, telefonlarimizni va elektron pochta manzillarimizni ham yaxshi bilishadi.
Agar xorijiy korrespondentlarda ushbu ruknni yuritish bo‘yicha biron takliflar bo‘lsa, yoki ular o‘z xabarlari ushbu rukndan olib tashlanishi uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni xohlasalar — xush kelibsiz, o‘zingizning qo‘shimcha materiallaringizni bizga yo‘llashingiz, telefon qilishingiz, xat yozishingiz yoki shaxsan tashrif buyurishingiz mumkin. Biz siz chop etayotgan xabarni chuqur o‘rganishga tayyormiz", — deb ta’kidladi Zaxarova.
Rossiya TIV saytida ishga tushirilgan yangi rukndan: Rossiya diplomatlari o‘limi atrofida bo‘layotgan "pichir-pichirlar" (The Observer nashri), Fransiyadagi prezident saylovlariga aralashayotgan rossiyalik xakerlar (bloomberg nashri), Snoudenning AQSh hukumatiga qaytarilgani haqidagi (nbcnews.com nashri)va boshqa xabarlar o‘rin olgan.