TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbega uyushtiradigan safari davomida Tojikiston rahbari Emomali Rahmonga Aleksandr Nevskiy ordenini taqdim etadi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Nashrga ba haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lumot bergan.
"Bizning prezident Tojikiston prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqdoshlikni mustahkamlashda qo‘shgan ulkan hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordenini topshiradi. Shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vaziriga "Do‘stlik" ordeni taqdim etiladi", — deb xabar qilgan nashr muxbiriga Ushakov.
Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-28 fevral kunlari Tojikistonga ikki kunlik safar uyushtirishi haqida xabar qilgan edik.