TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk rasmiy tashrifini Qozog‘istonga amalga oshiradi. Bu haqda payshanba kuni O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov xabar qilgan.
"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining ilk rasmiy tashrifini Qozog‘istonga amalga oshiradi", — dedi u Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qozoq hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishida.
Ramatov hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davlat rahbarining tashrifiga tayyorgarlik jarayonida muhim bosqich sanalishini qayd etdi.
Yig‘ilish vaqtida iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
RIA Novosti manbasining so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyevning Qozog‘istonga safari 22-23 mart sanasiga rejalashtirilgan.