Toshkentda mashinada qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olindi

© Sputnik / StringerMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yovuz niyatli shaxs g‘araz maqsadini amalga oshira olmadi, u ichki ishlar boshqarmasiga olib kelindi

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent shahar Olmazor tumani IIB xodimlari og‘ir jinoyatning oldini oldilar, deb xabar beradi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Oqshom payti Allon ko‘chasida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari yo‘l chetida to‘xtab turgan "Matiz" avtomashinasidan yordam so‘rab baqirayotgan ayol kishi ovozini eshitdilar.

Ular avtomashinaning orqa o‘rindig‘ida 25-30 yoshlardagi yigit bir qizni zo‘rlab nomusiga tegmoqchi bo‘layotganining guvohi bo‘lishdi. Qiz qancha urinmasin, g‘araz niyatli shaxsning changalidan chiqolmasdi.

O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish kuni deb e’lon qilindi

Ichki ishlar xodimlari qizga yordam berishga shoshilishdi. Ammo mashina eshiklari ichkaridan berk edi.

Xodimlardan biri bir amallab avtomashinaning orqa eshigini ochganida zo‘ravon unga pichoq bilan tashlandi. Xodim qo‘li jarohatlanganiga qaramasdan, jinoyatchini qurolsizlantirdi.

Yovuz niyatli shaxs g‘araz maqsadini amalga oshira olmadi, u ichki ishlar boshqarmasiga olib kelindi.

U 1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanib, amnistiya akti tufayli jazodan ozod etilgan shaxs bo‘lib chiqdi.

Bu shaxs kechki payt ishdan qaytayotgan qizni qo‘rqitib, ishonch qog‘ozisiz boshqarib yurgan "Matiz" avtomashinasiga o‘tqazgan va uning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 118-moddasi 1-qismi va 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0