TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan «Ishonch» deb nomlangan badiiy filmni suratga olish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi, deb yozmoqda "Kun.uz".
Film "O‘zbekkino" milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi rahbarligida suratga olinadi. Filmning g‘oya muallifi Ravshanbek Yo‘ldoshev, ssenariy muallifi Xanifa Yo‘ldosheva.
"O‘zbekistonni ko‘p yillar boshqargan bu insonni xotirlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni kelajak avlodga badiiy kino orqali yetkazish bugun eng dolzarb vazifalardan sanaladi", — deydi g‘oya muallifi Ravshanbek Yo‘ldoshev.
Mazkur film g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi davlat unitar korxonasining 00376-sonli mualliflik huquqi guvohnomasiga ega.