TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Tojikiston hukumati Rossiya prezidentining tashrifiga hozirgarlik ko‘rishmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Tojikiston TIV rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Putinning safari haqida yanvar oyidayoq ma’lum bo‘lgan, faqat aniq sana kelishilmagan, xolos.
Tojikiston TIV xabariga ko‘ra, Rossiya prezidentining mamlakatga tashrifi 27-28 fevrala rejalashtirilgan.
Tashrif dasturi haqida hozircha ma’lumot ochiq e’lon qilinmayapti. Faqatgina ikki davlat o‘rtasida qator kelishuvlar, shu jumladan iqtisodiy sohalarda ham, imzolanishi ma’lum qilinmoqda.
Vladimir Putin Tojikistonda so‘nggi bor 2015-yilning kuzida bo‘lgan.