"Bankomatlar qo‘yilarmush", degan xabarga o‘zbekistonliklarning munosabati

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankomat
Bankomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda naqd pul beruvchi bankomatlarning o‘rnatilishi haftaning eng asosiy xabarlaridan biriga aylandi. Internet foydalanuvchilari bu yangilikning afzal tomonlari bilan birga, o‘zbek so‘mlari sig‘adigan quti hajmi qanday bo‘lishi kerakligi borasida qizg‘in muhokamaga kirishib ketdilar

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Markaziy bank vakili kuni kecha O‘zbekistonda tez orada naqd pul yechib olish imkonini beruvchi 1000ta bankomat o‘rnatilishi haqida xabar qildi.

Bu yangilik, tabiiyki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboridan chetda qolmadi. Axir virtual pullar mashmashasiga qachon chek qo‘yiladi, degan savol ularni ancha vaqtdan buyon qiynab kelmoqda.

Internet foydalanuvchilari darhol bu borada o‘zaro fikr almashdilar.

"Zo‘r ish bo‘larkan-u, a! Ajoyib yangilik", — deya o‘z xursandchiligini yashirmagan Muhabbat ismli foydalanuvchi.

"Qiziq, necha so‘mgacha yechib olsa bo‘lar ekan", — deya savol tashlagan Nigora ismli foydalanuvchi.

"Eng keragi, borganingizda ichida har doim pul bo‘lsin. Ana shunda hamma gap", — deya Nigoraga javob qaytargan Kamil Gafurov.

Internet foydalanuvchilari shundan so‘ng bankomatning hajmi qanday bo‘lishi kerakligi haqida bahslashishga o‘tishgan.

"Endi bu bankomatlarga bankomatdan bankkacha yetadigan trubalar ulash kerak bo‘lmasmikin? Bir kishi bir million yechib olsa, bankomatda tezda pul tugab qolmaydimi?", — deya savol tashlagan Xoshimbek ismli foydalanuvchi.

© troll.uzO‘zbek so‘mlari uchun bankomat dizayni. Troll.uz
Dizayn bankomata dlya suma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek so‘mlari uchun bankomat dizayni. Troll.uz
"Qishlok joyda taxminan 50 ming naqd pul yetadi, qolgan kerakli narsa plastikka xarid qilinaveradi. Eng asosiysi naqd pul va plastik o‘rtasidagi farqni yo‘qotish kerak", deya o‘z fikrini bildirgan Dima nikli foydalanuvchi.

Naqd va plastik karta orqali hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi
"Naqd pulni bankdan tashqariga katta miqdorda emissiya qilish inflyatsiyani yanada kuchaytiradi. Undan ko‘ra plastik kartochkadagi pullarni qadrini oshirish lozim. Narxlardagi farq yo‘qolsa, naqd pulga bo‘lgan extiyoj o‘z-o‘zidan kamayib ketadi deb o‘ylayman", — deya bahsga yakun yasagan Abdumalik Nosirov.

Aytgancha, Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishda davom etmoqchi.

"Tez orada respublikadagi barcha savdo va xizmat nuqtalari terminallar bilan ta’minlanadi. Ana shunda naqd pul muammosi ham barham topadi ", — degan MBning pul muomalasi departamenti xodimi Faxriddin Boboyev.

Sputnik O‘zbekiston Markaziy bank xodimining so‘zlari amalga oshishiga umid qilib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0