Ozi foyda, ko‘pi zarar - "Aspirin" haqida

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishFarmatsevtik korxonasidagi blister mashinasi
Farmatsevtik korxonasidagi blister mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu "mo‘’jiza"li dorining inson salomatligiga zarari haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Uni qachon, qancha miqdorda ichishni ham, surunkali kasallikka yoki nojo‘ya ta’siri bor-yo‘qligini hisobga olganmisiz?

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Aspirinni nazoratsiz qabul qilish natijasida qon tomirlar devori sinib, yoriladi, deb xabar qiladi "Zarafshon" nashri.

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
Yosh o‘zbek olimi oshpiyozdan yangi, yuqori samarali dori yaratish ustida ishlamoqda
"Qaysi dorixonaga kirmang, albatta, "Aspirin"ni topasiz. Chunki bu dori og‘riq qoldiradi, isitmani tushiradi. Shifokorlar tavsiyasi bilan infarkt, insultning oldini olishda ham bundan keng foydalanishadi. Lekin bu "mo‘’jiza"li dorining inson salomatligiga zarari haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Uni qachon, qancha miqdorda ichishni ham, surunkali kasallikka yoki nojo‘ya ta’siri bor-yo‘qligini hisobga olganmisiz?", — deb yozadi nashr.

Shifokorlar bemorlarning yoshiga qarab, yurak infarkti va insultlar profilaktikasi maqsadida "Aspirin" (atsetilsalitsil kislota)ni kichik miqdorda ichishni tavsiya qilishadi. U qon trombotsitlarining bir-biriga yopishishiga, tromb hosil bo‘lishi va qon tomirlarning tiqin bilan berkilib qolishining oldini oladi. Ammo dorining uzoq vaqt davomida qo‘llanilishi gemorragik insultni avj oldirar ekan. Chunki u qon tomirlar devori faoliyatini ta’minlaydigan fermentlar vazifasini cheklaydi.

SamDTI gematologiya kursi mudiri, dotsent O‘tkir Dadajonov va dotsent Kattabek Abdiyevlarga ko‘ra aspirinni nazoratsiz qabul qilish natijasida qon tomirlar devori sinib, yoriladi.

Keksalarda qon tomirlar sinuvchan bo‘ladi. Shu sabab ularning tana va qo‘llari o‘z-o‘zidan ko‘karib qoladi. Bunday bemorlarga ko‘proq na’matak damlamasi qabul qilish tavsiya etiladi. Ammo tarkibida "Aspirin" bo‘lgan va nospetsifik yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ularga sirka kislotasi qo‘shilgan mahsulotlar iste’mol qilish ham tavsiya qilinmaydi. Chunki u organizmda "Aspirin"ga aylanadi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga ham shunday maslahat beriladi.

"Aspirin" me’da-ichak yarasi yoki eroziyasi, qon ketishni ham chaqiradi. U aroq, ketchup, mayonez, salatlar, shaurma, xot dog, fastfudlar tanovulidan keyin qabul qilinsa, ichakdan qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0