Yosh o‘zbek olimi oshpiyozdan yangi, yuqori samarali dori yaratish ustida ishlamoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDori vositalari
Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yosh olim yurak-qon tomir xastaliklarini davolashda yordam beradigan yangi, yuqori samarali alltrombosepin dori vositasi ishlab chiqarish ustida ishlamoqda

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Yosh o‘zbek olimi oshpiyozdan yangi yuqori samarali dori yaratish ustida ishlamoqda, deb xabar qilgan "Jahon" AA nashri.

Nashrda xabar qilinishicha, mahalliy xomasholar asosida tayyorlanadigan, yuqori samaradorlikka ega, import o‘rnini bosuvchi dori vositalari texnologiyalarini yaratish borasida o‘zbekistonlik yosh olimlar ko‘plab yutuqlarga erishmoqda.

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dori vositalarini tayinlashda yangi qoidalar joriy etildi
"Avaz Sharipov ana shunday izlanuvchan yosh olimlardan. Uning ta’kidlashicha, yurak-qon tomir tizimi xastaliklarida antikoagulyant va antiagregant dori vositalari juda zarur. Ushbu xastaliklarni davolashda qo‘llaniladigan ko‘plab dori vositalari xorijdan keltiriladi. Yosh olimning ilmiy ishida ana shunday preparatlarning o‘rnini bosuvchi, oshpiyozdan yangi, yuqori samarali alltrombosepin dori vositasi ishlab chiqishning ilmiy va texnikaviy jihatlari ochib berilgan. Hozirgi vaqtda yosh olim mahalliy xomasholarni qo‘llab, antitrombogen yumshoq dori shakllarining texnologiyasini ishlab chiqish ustida izlanmoqda", — deyilgan xabarda.

Nashr xabariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 132 farmatsevtika korxonasi tomonidan 2 ming turdan ortiq dori vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0