TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Janubiy koreyalik harbiy xizmatchilar Seul KXDR bilan chegaradosh hududlarda o‘tgan haftadan boshlab radiokarnaylar orqali eshittirishlarni boshlaganini tasdiqladilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"KXDR bilan chegaradosh hududlarda o‘rnatilgan 34ta radiokarnaylar orqali eshittirishlarni boshlashimizdan maqsad, Shimoliy Koreya aholisi va askarlarni ularning yetakchisi Kim Chen In o‘z akasi Kim Chen Nam qotilligiga aloqador ekanidan xabardor etmoqchimiz", — deb iqtibos keltirgan Renxap nashri Seuldagi harbiyning so‘zlaridan.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen Namga nisbatan su’iqasd 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida uning o‘z oilasi yoniga, Makaoga uchishi oldidan uyushtirilgan.
Turli taxminlarga ko‘ra, Kim Chen Namni zaharlangan ninalar bilan jarohatlab, unga zaharli suyuqlikni sepishgani yoxud yuziga zaharga namlangan tamponni tekkizgan bo‘lishlari mumkin.
Ushbu qotillik yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Ammo Janubiy Koreya bu qotillik ortida KXDR turibdi degan fikrni ilgari surmoqda.