Jamiyat

Oʻzbekistonda Rossiyaning "GAZ" avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka oʻtishAvtozavod "GAZ"
Avtozavod GAZ - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"GAZ" guruhi hamkorlikda Samarqanddagi avtomobil zavodida yoki Oʻzbekiston hukumati tavsiya qilgan boshqa maydonda oʻz avtomobillari, xususan mikroavtobuslarni yigʻuv ishlab chiqarishini tashkil qilishga qiziqish bildirgan

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiyaning yengil avtomobillar, mikroavtobuslar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi — "GAZ" guruhi Oʻzbekistonda hamkorlikda oʻz avtomobillarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Viktor Yevtuxov maʼlum qildi.

Uning aytishicha, "GAZ" guruhi hamkorlikda Samarqanddagi avtomobil zavodida yoki Oʻzbekiston hukumati tavsiya qilgan boshqa maydonda oʻz avtomobillari, xususan mikroavtobuslarni yigʻuv ishlab chiqarishini tashkil qilishga qiziqish bildirgan.

Plodoovoщnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Rossiya hududlararo hamkorlik oʻrnatadi

"Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan ular bu loyihani amalga oshirishda hech qanday toʻsqinlik koʻrishmayotgani bildirildi", dedi Yevtuxov.

Shuningdek, Yevtuxovning maʼlum qilishicha, bugungi kunda Vektor-410 ozuqa va gʻalla yigʻuvchi kombaynlarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkillashtirish muhokama qilinmoqda.

"Bunda "Rostselmash" Oʻzbekistonga Vektor-410 kombaynlarini Pokiston, Turkmaniston va Afgʻonistonga eksport qilish huquqini taqdim etishga tayyor", dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari.

Yangiliklar lentasi
0