O‘zbekiston elchixonasi Saratovdagi YTHda halok bo‘lganlar shaxsini aniqlamoqda

© SputnikO‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Saratov viloyatining Petrovsk tumanidagi Tarumovka qishlog‘ida yuz bergan yengil mashinalar to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgandi

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonasi konsullik bo‘limi Saratov viloyatida ro‘y bergan YTH oqibatida to‘rt nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi, ayni paytda ularning shaxsi aniqlanmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti Moskvadagi elchixona vakiliga tayanib.

DTP - Sputnik O‘zbekiston
Yana o‘sha qishloqda fojia: Saratovdagi YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Ilgariroq Saratov viloyatining Petrovsk tumanidagi Tarumovka qishlog‘ida yuz bergan yengil mashinalar to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.

Viloyat prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, YTH natijasida to‘rt nafar O‘zbekistonfuqarosi va bir nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgan. Qurbon bo‘lgan oltinchi shaxs esa Petrovsk shahrida yashagan. Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

"Konsullik bo‘limimiz hozirda ushbu masala bo‘yicha ish olib bormoqda. Halok bo‘lganlarning shaxsi FVV, mahalliy o‘zbeklar yordamida aniqlanmoqda. Konsullik bo‘limi ushbu hodisa yuzasidan barcha Rossiya tuzilmalari bilan aloqada", — degan agentlik suhbatdoshi.

Yangiliklar lentasi
0