Toshkent va Dushanbe doimiy ravishda maslahatlar o‘tkazishga kelishib olishdi

Obuna bo‘lish
Dushanbeda 24-25 dekabr kuni O‘zbekiston va Tojikiston TIVlarining birinchi siyosiy maslahatlari bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston TIVlarining birinchi siyosiy maslahatlari bo‘lib o‘tdi,  O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Tomonlar ikki taraflama munosobatlarni rivojlantirish hamda mahalliy va xalqaro siyosat masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuvda ikki mamlakat orasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka alohida e’tibor berildi.

Tomonlar respublikalar orasida tovar va xizmat ayrboshlash ishlarini osonlashtirish va ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash haqida kelishib oldilar.

Dushanbeda MDH va Shanxay Hamkorlik tashkilotining kelajagi va ushbu tashkilotlar doirasida ikki mamlakatning o‘zaro munosobatlarni belgilashga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Toshkent va Dushanbe vakillari turli masalalar bo‘yicha, doimiy ravishda, o‘zaro siyosiy maslahatlar o‘tkazib turishga kelishib olishdi.  

Yangiliklar lentasi
0