"O‘zbekneftegaz" geolog razvedkasi uchun yangi qo‘shma korxona tuzadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNeft platformasi
Neft platformasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tenderda g‘olib chiqqan chet el korxonasi Urga, Akchalak va Chandir guruhi konlarini qazish bilan shug‘ullanadi va Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida razvedka ishlari bilan shug‘ullanadi.

!-- —>

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. "O‘zbekneftegaz" milliy xoldingi chet el neft va gaz korxonalari orasida bir qator investitsiya bloklarida  geologiya va razvedka bilan shug‘ullanuvchi kompaniya tanloviga tender e’lon qildi.

Neft va gaz milliy kompaniyasi Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida va Urga Akchalak va Chandir konlarini qazish ishlari uchun chet ellik hamkorni yollamoqchi. Loyihani amalga oshirish chet el sarmoyalari ishtiriokida korxona tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Tenderda zamonaviy usulda ishlaydigan neft va gaz korxonalari ishtirok etishi mumkin. Loyihada qatnashishni istagan sarmoyadorlar “O‘zbekneftegaz”ga rasmiy ariza va o‘z faoliyati haqida ma’lumotnoma yuborishi kerak.  

Ariza yuborgan qatnashchilar bilan ma’lumotni maxfiy tutish haqida shartnoma tuziladi va undan keyin ularga konlar haqida kerakli materiallar tarqatiladi. Ushbu materiallar asosida korxonalar o‘z takliflarini tayorlashi kerak.

Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati 2016-yil 8-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 17:00.

“O‘zbekneftegaz” 2020-yil oxirigacha geoloiya va razvedka ishlarini tezlashtirish yo‘li bilan shartli yonilg‘i hajmini 468 million tonnaga yetkizmoqchi. Ulardan 365 milliard kubometri – tabiiy gaz va 31, 7 million tonnasi – suyuq uglerodlar.

Neft va gaz sektorida umummiy hisobda qiymati 18,5 milliard dollar bo‘lgan 54 loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. Ulardan 5,1 milliardi – to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el sarmoyalaridir.

Yangiliklar lentasi
0