TOShKENT, 26 dek — Sputnik. GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan Ravon R2 xetchbeki Rossiyada noyabr oyida sotilgan A klassdagi avtomobillar reytingida birinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi "Darakchi".
O‘tgan oyda jami 190 dona Ravon R2 sotilgan.
Ikkinchi o‘rinni 91 dona sotilgan Kia Picanto egalladi. Uchinchi o‘rinda esa Daewoo Matiz sotilgan.
O‘tgan oyda Rossiyada jami 474 dona A klassdagi avtomobillar sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 119,4%ga ko‘pdir. O‘n bir oy davomida esa rossiyalik dilerlar jami 3451 dona mazkur klassdagi mashinalarni sotishgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,23%ga kamdir.