TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatning birinchi xonimi Mehribon Aliyevani respublikaning birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Ozarbayjon Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident o‘z vazifasini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlarini birinchi vitse prezident o‘z zimmasiga oladi.
O‘tgan yilning sentabr oyida Ozarbayjonda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Mamlakatning Bosh Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilgacha uzaytirish, vitse-prezident lavozimi kiritish, shuningdek prezidentlikka va deputatlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi kamaytirilishini nazarda tutadi.