Saratovdagi YTHda halok bo‘lgan ikki o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

© Vk.comSaratovdagi YTH
Saratovdagi YTH - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsullik bo‘limi marhumlarning qarindoshlari bilan bog‘landi

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi Saratov viloyatida YTH oqibatida halok bo‘lgan ikki fuqaroning shaxsini aniqladi, deb xabar berdi RIA Novosti elchixona vakiliga asoslanib.

"Afsuski, YTHda O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi halok bo‘lgan. Ulardan ikki nafarining shaxsi aniqlandi, konsullik bo‘limi marhumlarning qarindoshlari bilan bog‘landi", — deb ma’lum qilgan elchixonadagilar.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchixonasi Saratovdagi YTHda halok bo‘lganlar shaxsini aniqlamoqda

Yana ikki nafar marhumning shaxsi aniqlanmoqda.

"Biz Saratov viloyati IIBB bilan uzviy aloqadamiz. Bizga ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan", — degan agentlik suhbatdoshi.

Ilgariroq Saratov viloyatining Petrovsk tumanidagi Tarumovka qishlog‘ida yuz bergan yengil mashinalar to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.

Viloyat prokuraturasining ma’lumotiga ko‘ra, YTH natijasida to‘rt nafar O‘zbekistonfuqarosi va bir nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgan. Qurbon bo‘lgan oltinchi shaxs esa Petrovsk shahrida yashagan. Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0