Razandagi YTH oqibatida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© Sputnik / StringerAvtotsisterna
Avtotsisterna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Razan viloyatining "Kaspiy" trassasida benzin tashuvchi avtomashina va ichida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yengil avtomobilning to‘qnashuvi yuz berdi

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Razan viloyatining "Kaspiy" trassasida benzin tashuvchi mashina va yengil avtomobil to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lum qilmoqda.

"Folksvagen" rusumli yengil avtomobil boshqaruv yo‘qotilishi sababli to‘g‘ri benzin tashuvchi mashinaga urilgan va salondagi barcha kishilar voqea joyidayoq halok bo‘lgan.

Mashinada besh nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi jabrlanmagan. To‘qnashuv oqibatida benzin yonishi yuz bermagan.

Yangiliklar lentasi
0