Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarda bolalar vrachlari ish boshlaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVrach
Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda oilaviy poliklinikalarda bolalar pediatrlar tomonidan, kattalar esa umumiy amaliyot vrachlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi va kerakli yordam beriladi

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Tez orada Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarda bolalar vrachlari ishlay boshlashadi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga poytaxt ma’muriyatidagi manba.

Uning aytishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu yilning 5-yanvarida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida oldinga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun maxsus guruh tuzilgan. O‘shanda davlat rahbari oilaviy poliklinikalarda ishlaydigan vrachlarni bolalarga yordam ko‘rsatuvchi pediatrlar va kattalar salomatligi bilan shug‘ulanuvchi umumiy amaliyot vrachlariga ajratish lozimligini qayd etgandi.

"Ishchi guruhi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha takliflarini tayyorlab, yuqori organga taqdim etdi. Asosiysi, barcha o‘zgarishlar mavjud oilaviy poliklinikalar negizida, yangi obyektlar qurmasdan amalga oshiriladi. Shtat birliklarini 100 kishiga oshirish rejalashtirilmoqda, ular malakali vrachlar bo‘ladilar", — dedi manba.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Poytaxt tibbiyot muassasalari rahbarlarini Toshkent shahar hokimi tayinlaydi

Endilikda oilaviy poliklinikalarda bolalar pediatrlar tomonidan, kattalar esa umumiy amaliyot vrachlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi va kerakli yordam beriladi.

Bundan tashqari, har bir poliklinikada o‘smirlar va 25 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun maxsus xonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Tuman tibbiyot muassasalarida ham bolalar ginekologlari faoliyat ko‘rsatadi. Bolalarda biror muammo aniqlansa, ular markaziy poliklinikadagi mutaxassislar tekshiruviga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Toshkent shahri hokimligi tomonidan "Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0