Poytaxt tibbiyot muassasalari rahbarlarini Toshkent shahar hokimi tayinlaydi

© flickr.comVrach
Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda yuqori malakali mutaxassislar, halol, pok, vijdonli, mas’uliyatli xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘riladi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori talablariga muvofiq, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek shahar tibbiy diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimiga, tegishli tuman hokimi bilan kelishilgan holda, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanishi belgilangandi.

Kasalxona - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda shifoxonaga bemorlarning dori-darmon olib kelishlariga chek qo‘yiladi

Endilikda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda yuqori malakali mutaxassislar, halol, pok, vijdonli, mas’uliyatli xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘riladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur talablar asosida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimi yaratiladi.

Ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi bo‘yicha egallab turgan lavozimiga munosibligi har yili tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan kelishgan holda attestatsiyadan o‘tkazib baholab boriladi.

Yangiliklar lentasi
0