Noinsof dorixonachilar "qora ro‘yxat"ga tushadi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishDorixona
Dorixona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan ma’lumotlar ular kiritilgan vaqtdan e’tiboran 3-yil o‘tganidan so‘ng chiqarib tashlanadi

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekistonda dorixonalar va ularning xodimlari "qora ro‘yxati" shakllantiriladi. Ushbu meyor O‘zbekiston prezidentining qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Adxam Ikramov noviy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Dorixonalar faoliyati ustidan nazorat kuchaytirildi

Qarorga ko‘ra, litsenziyalovchi organ qonun hujjatlarini buzishi, shu jumladan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasi tugatilgan dorixona muassasalarining manzillar reyestri va xodimlar reyestrini shakllantiriladi.

Manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan ma’lumotlar ular kiritilgan vaqtdan e’tiboran 3-yil o‘tganidan so‘ng chiqarib tashlanadi.

 

Dori vositalari sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining ma’lumot berishicha, dori vositalarini sotishda 13 foizgacha va chakana sotishda 20 foizgacha ustama narx qo‘yish qat’iy ravishda belgilab qo‘yilgan.

Dorixonalarda 340 ta dori-darmon vositalari cheklangan narxda belgilab qo‘yilgan. Shulardan 160 tasi mahalliy ishlab chiqarilgan dorilardir.

 

Yangiliklar lentasi
0