Dorixonalar faoliyati ustidan nazorat kuchaytirildi

© Gabriela Sabau / judo.uzAdxam Ikramov noviy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana
Adxam Ikramov noviy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlayotgan dorixonalar bundan buyon faqat belgilangan miqdorda ustama narx qo‘yib sotadi. Bir joyda yopilgan dorixona o‘rnida uch yilgacha boshqasi ochilmaydi.

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yil boshidan buyon Tibbiyot sohasini jiddiy tanqid ostiga olgan edi. Sohadagi mavjud muammolar qatorida aholiga dorilar yetkizib berish, ya’ni dorixonalar faoliyati ham jiddiy tanqid qilingan edi.

Undan tashqari 2016-yilning 31-oktabr kuni "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori ham qabul qilinib yangi yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan edi.

Tibbiyot va dorixonalar sohasida islohotlar boshlanganidan bir yarim oy o‘tib, O‘zbekiston Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Press klub"da soha rahbariyatining jurnalistlar bilan uchrashuvi bo‘lib, o‘tdi deb yozadi qalampir.uz nashri.

"Dori vositalarini sotishda 13 foizgacha va chakana sotishda 20 foizgacha ustama narx qo‘yish qat’iy ravishda belgilab qo‘yildi. Dorixonalarda 340 ta dori-darmon vositalari cheklangan narxda belgilab qo‘yilgan. Shulardan 160 tasi maxalliy ishlab chiqarilgan dorilar", — dedi majlisda so‘zga chiqqan Dori vositalari sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i Habibulla Jalilov. 

Jalilov aytishiga qaraganda, dunyo bo‘yicha har yili dori-darmon vositalarining narxi inflatsiya

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan dorilar narxi 44 % gacha tushirildi
hisobiga 8-10 foizgacha oshib boradi. O‘zbekistonda esa 8-40 foizgacha arzonlashtirilgan.

Xaridorlar, ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilmay, qimmat narxda sotilayotganining guvohi bo‘lishsa, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Soliq inspeksiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Uchrashuvda, shuningdek sog‘liqni saqlash vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov ham fikr bildirdi.

"Ilgari biror dorixonada noqonuniy faoliyat kuzatilsa, yopilardi va yana mazkur joyni o‘zida boshqa dorixona ochishga ruxsat bor edi. Endilikda bunga chek qo‘yildi va qonun buzilishi holati aniqlansa, aynan shu joyda 3-yilgacha dorixona ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi", — dedi vazir.

Shuningdek Adham Ikromov dorixonalarda sotilayotgan dori-darmonlarning o‘tgan yilgi bilan narxlari haqidagi solishtirma ma’lumotlar e’lonlar taxtachasida bo‘lishikerakligini ham aytib o‘tdi. Vazir so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda e’lonlar taxtachasida 116 ta dorilarning solishtirma narxlari bo‘lishi kerak. Bir haftadan keyin (vazirlik o‘tkazayotgan tender tugaganidan keyin) esa yana 227 ta dori vositalari nomi paydo bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0