TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Shu yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilingandi. Unda 2017-yilning fevral oyidan boshlab tog‘li va olis tumanlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgandi.
Shundan so‘ng ko‘pchilik odamlar orasida tog‘li va olis tumanlar deyilganda, aynan qaysi hududlar nazarda tutilgani haqida savollar paydo bo‘ldi. UZ24.UZ saytida ana shu 58 ta tog‘li va olis tumanlar ro‘yxati berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 1.Qonliko‘l. 2.Qoro‘zak. 3.Kegeyli. 4.Qo‘ng‘irot. 5.Mo‘ynoq. 6.Taxtako‘pir. 7.Chimboy. 8.Shumanay.
Andijon viloyati: 1.Buloqboshi. 2.Ulug‘nor. 3.Xonobod shahri.
Buxoro viloyati: 1.Olot. 2.Qorako‘l. 3.Qorovulbozor. 4.Peshku. 5.Romitan.
Jizzax viloyati: 1.Arnasoy. 2.Baxmal. 3.G‘allaorol. 4.Zomin. 5.Zarbdor. 6.Zafarobod. 7.Forish. 8.Yangiobod.
Qashqadaryo viloyati: 1.Dehqonobod. 2.Mirishkor. 3.Muborak. 4.Nishon. 5.Chiroqchi.
Namangan viloyati: 1.Kosonsoy. 2.Mingbuloq. 3.Norin. 4.Yangiqo‘rg‘on.
Navoiy viloyati: 1.Konimex. 2.Nurota. 3.Tomdi. 4.Uchquduq.
Sirdaryo viloyati: 1.Xovos.
Samarqand viloyati: 1.Qo‘shrabot. 2.Nurobod. 3.Paxtachi. 4.Urgut.
Surxondaryo viloyati: 1.Boysun. 2.Qiziriq. 3.Muzrabod. 4.Sariosiyo. 5.Uzun. 6.Sho‘rchi.
Toshkent viloyati: 1.Bo‘stonliq. 2.Bo‘ka. 3.Piskent.
Farg‘ona viloyati: 1.Beshariq. 2.So‘x. 3.Yozyovon.
Xorazm viloyati: 1.Hazorasp. 2.Shovot. 3.Yangiariq. 4.Yangibozor.