Tadbirkorlarga 18ta davlat xizmatlari "yagona oyna" orqali ko‘rsatila boshlaydi

Obuna bo‘lish
Vazirlik, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining yuridik boshqarmalari vakillari "yagona darcha" markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir o‘z takliflarini kiritdi.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. "Elektron hukumat" markazida vazirliklar, davlat xo‘jalik va boshqaruv organlari yuridik boshqarmalari vakillari ishtirokida "yagona darcha" orqali tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadlari quyidagilar bo‘ldi:   

  • Tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish;
  • Tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • Joylarda xalq bilan bevosita muloqot samaradorligini ta’minlash

Ushbu maqsadlarga erishish uchun, birinchi navbatda, barcha hududlarda joylashgan "yagona darcha" davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlarining samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etish masalalari tizimli tahlil qilindi.

Bojxona nazorat punkti - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona tizimida “yagona oyna” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Undan tashqari, har bir davlat muassasasasi, jumladan Vazirlik, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining yuridik boshqarmalari vakillari "yagona darcha" markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir o‘z takliflarini kiritdi.

Shuningdek, uchrashuvda 2017-yilda "yagona darcha"da yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan 18 ta davlat xizmatining faoliyati muhokama qilindi.

Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" qarori ijrosini bajarish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0