TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekistonda birxillashtirilgan bojxona axborot tizimi — “yagona oyna”ni kiritishda texnik yordam berdi, deb xabar qilmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Yagona oyna” axborot tizimi www.sw.customs.uz adresi bo‘yicha sinov tartibia ishga tushirildi. Ushbu tizim real vaqtda onlayn tartibda ruli ruxsatnomalar olish uchun arizalar topshirish imkonini beradi. Loyiha KOICA texnik hamkorligi yordamida amalga oshirildi”, — deyilgan xabarda.
Davlat Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tizim olti muassasani bir-biriga ulab, bojxona sohasida 20dan ortiq ruxsatnomalarni onlayn-tartibda rasmiylashtirish imkonini beradi. Onlayn olish mumkin bo‘lgan ruxsatnomalar qatoridan Muvofiqlik sertifikati, ekologiya sertifikati, veterinar guvohnoma va boshqalar bor.
Loyiha Janubiy Koreya hukumati bilan tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshirilgan. Shartnoma qiymati 5,5 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu “yagona tizim” samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun 2014-2016 yilllar davomida DBQning 30ga yaqin mutaxassislari Janubiy Koreyada turli trening va mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston DBQ tizimida 230dan ortiq bojxona nazorat postlari bo‘lib, ulardan 150tasi mamlakat chegaralarida joylashgan. Undan tashqari temiryl vokzallari, aeroportlar va daryo portlarida ham bojxona nazorat punktlari bor.