Fransiyada O‘zbekiston haqida jurnal nashr etildi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishEyfel
Eyfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyada L'Ouzbekistan aujourd'hui - "O‘zbekiston bugun" jurnalining ilk soni nashr etildi. U o‘quvchilarni mamlakat siyosi, iqtisodiy va madaniy hayotidagi yangiliklar bilan tanishtirib boradi

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Jurnal fransuz va ingliz tillarida chop etildi hamda Fransiyadagi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar ijtimoiy-siyosiy, akademik, ishbilarmon va madaniy davralariga tarqatildi, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Nashrning birinchi soni Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimidagi tantanali chiqishi va 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlisning qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi bilan ochib berilgan.

Adolat va qonun ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Koreya jurnali O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari haqida maqola chop etdi

Jurnalda shuningdek, mamlakatning 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi asosiy ko‘rsatkichlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning ustuvor yo‘nalishlari ham berilgan.

Nashr mamlakat prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashuvi va ularning oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida ma’lumot beradi.

Turizm sohasiga bag‘ishlangan maqolada O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida so‘z boradi.

Yangi jurnal Yevropa mushtariylari uchun O‘zbekistonning bugungi hayoti haqida ma’lumot beruvchi yana bir manbaga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0