O‘zbekistonda har oy 700 ta sug‘urta da’vosi ko‘rib chiqilmoqda

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishS 1-oktabrya OSAGO budut oformlyat na blankax novogo obrazsa
S 1-oktabrya OSAGO budut oformlyat na blankax novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sug‘urta sohasi tadbirkorlik bilan bir qatorda izchil rivojlanib, cug‘urta xizmatlari turi va moliyaviy hajmi kun sayin kengayib bormoqda.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi xabariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekistonda 8 ming 250 dan ziyod, yoki oyiga 687 ta sug‘urta da’vosi ko‘rib chiqilgan.

Ushbu sug‘urta da’volari asosida 15 milliard so‘m sug‘urta badali to‘lab berilgan. Ulardan 10,6 milliard so‘mi yuridik shaxslar va 4,4 milliard so‘mi jismoniy shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Kompaniyaning axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, amalga oshirilgan sug‘urta qoplamalarining 55 % (8,3 mlrd.) — majburiy sug‘urtaga va 45 % (6,7 mlrd.) ixtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi.

Sug‘urta polisi - Sputnik O‘zbekiston
Baxtsiz hodisalarni Internet orqali sug‘urtalash imkoni paydo bo‘ldi

Respublikada eng ommaviy sug‘urta turlari avto sug‘urta, xavfli ishlab chiqarish obektlari sug‘urtasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urtasi, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, ipoteka sug‘urtasiga yo‘naltirilgan.

"O‘zbekinvest" xabariga ko‘ra,  2016-yil davomida Respublikada 10 ta yangi sug‘urta bo‘limlari ochilib, hududiy bo‘linmalarining umumiy soni 160 taga etdi, shulardan 14 tasi hududiy filiallar va 146 tasi sug‘urta bo‘limlaridir. Undan tashqari o‘tgan yil davomida sug‘urta xizmatlarining 12 xal yangi turi ishlab chiqarilib, aholiga taklif qilina boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0