Baxtsiz hodisalarni Internet orqali sug‘urtalash imkoni paydo bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishSug‘urta polisi
Sug‘urta polisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 11-oktabrdan boshlab internet orqali baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash imkoni paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor baxtsiz hodisalardan elektron sug‘urtalash imkoni paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda ALSKOM AJ. 

"O‘zlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilishni istagan fuqarolar Internet orqali elektron sug‘urta polisi sotib olish imkoniga ega bo‘ldi", — deyilgan xabarda. 

Baxtsiz hodisalardan sug‘urta  qilingan fuqarolar kutilmagan, favqulodda holatlar oqibatida zarar ko‘rganda, vaqtincha, doimiy ishga layoqatini yo‘qotganda yoki qurbon bo‘lganda sug‘urta kompaniyasidan 15 kun ichida belgilangan badal mablag‘ini olish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 27 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlari ko‘rsatmoqda. Transport sug‘urtasi, Tibbiy sug‘urta, Mol-mulk sug‘urtasi kabi o‘ndan ortiq eng ommaviy xizmatlarni Internet orqali sotib olish imkoni mavjud.

Yangiliklar lentasi
0