O‘zbekiston va AQSh prezidentlari bir-birlarini tabriklashdi

© StringerFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp O‘zbekiston va AQSh orasidagi diplomatik munosabatlarning 25-yilligi munosabati bilan bir-birlariga tabrik xatlari yo‘lladi.

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Bugun O‘zbekiston va AQSh diplomatik munosabatlari o‘rnatilganiga  25-yil to‘ldi. Ushbu munosabat bilan ikki mamlakat prezidentlari bir-birlariga tabrik xatlari yo‘llashdi.

Shavkat Mirziyoyevning tabrik xatida O‘zbekiston tashqi siyosatining fundamental prinsipi va konseptual asoslari o‘zgarmasdan qolishi, O‘zbekiston AQSh bilan an’anaviy munosabatlarni saqlab qolish, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning qat’iy tarafdori kanligi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, maktubda iqtisodiy munosabatlarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, AQShning yetakchi korporatsiya va kompaniyalarining O‘zbekistonda uzoq muddatli biznes yuritishi va investitsiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etilgan.

O‘zaro anglashuv, hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilishi ham ta’kidlangan.

Abdulaziz Kamilov va Pamela Spratlen - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh elchisini qabul qildi

O‘z navbatida,  Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp ham ham O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik maktubi yo‘lladi.

Tabrik xatida AQSh rahbari 25-yillik munosabatlarga yuksak baho berib erishilgan yutuqlar bilan faxrlanish mumkinligini qayd etilib muhim regional masalalar bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilishga umid bildirgan.

“Kelgusi yillarda ham mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlarimizni amalga oshirishda Siz bilan hamkorlikda ishlaymiz, degan umiddaman. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasi va uning qo‘shni davlatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Sizning Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va o‘zaro hamjihatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi», — deyilgan AQSh prezidenti xatida.

Yangiliklar lentasi
0