O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh elchisini qabul qildi

© mfa.uzAbdulaziz Kamilov va Pamela Spratlen
Abdulaziz Kamilov va Pamela Spratlen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va O‘zbekiston diplomatik munosabatlari 25-yillik arafasida turibdi. Toshkentda AQSh elchixonasi 1992-yilning mart oyida ochilgan edi.

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Bugun 2-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abudulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma shtatlari Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb xabar qolmoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatalari kengashining yakunlari muhokama qilindi. Muhokamada ikki mamlakatdan biznes vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oqilona siyosati uchun taqdirlandi

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonni munosabatlarining turli darajalardagi  dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz AQSh va O‘zbekiston diplomatik munosabatlari 25-yillik yubileyi arafasida turibdi. Toshkentda  AQSh elchixonasi 1992-yilning mart oyida ochilgan edi. 2002-yilda O‘zbekiston Birinchi prezidenti AQShga rasmiy safar uyushtirib prezident Jorj Bush bilan uchrashgan edi.

Pamela Spratlen AQShning O‘zbekistondagi elchisi sifatida o‘z faoliyatini 2015 boshlagan. Undan oldin, 2011-2015 yillarda Spratlen AQShning Qozog‘istondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0