TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Bugun koinotimizning eng yosh obe’ktlaridan biri — baland tog‘lar qo‘ynida joylashgan Sarez ko‘li hosil bo‘lganiga 106-yil to‘ldi, deb xabar qilgan Sputnik Tojikiston nashri.
Tojikiston ahli tomonidan Pomir marvaridi deb e’tirof etiladigan Sarez ko‘li 1911-yil 19-fevralga o‘tar kechasi yuz bergan vayronakor zilzila oqibatida paydo bo‘lgan. Yer silkinishi ikki tog‘ni birlashtirib 550 metrdan balandroq to‘g‘onni hosil qilgan.
Aytish joizki, ko‘l Pomirning seysmik aktiv hududida joylashgan. Shunday qilib, 8-9 balli zilzilalar — har 250-yilda bir marta, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa — har 2000-yilda bir marta, 7 balli zilzilalar esa — 100-yilda bir marta takrorlanadi.
Olimlar Sarez ko‘lini Markaziy Osiyoning uyqudagi ajdahosi deb ataydilar. Ularning fikriga ko‘ra, agar ko‘l vayron bo‘lsa, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Turkmaniston hududlaridagi olti million insonlar jabr ko‘rishi mumkin.
2000 yilda to‘rt davlat — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston — hukumatlari Sarez ko‘li muammosini hal etish uchun intellektual va moliyaviy yordam so‘rab dunyo hamjamiyatiga murojaat etishgan.
Shu yilning o‘zida Butunjahon banki boshqaruvida 2000-2006 yillarda Sarez ko‘li xavfini kamaytirish bo‘yicha xalqaro loyiha ishga tushirilgan. Ammo ishlar ogohlantirish tizimini yaratish bilan cheklangan.
Bir qator mutaxassislar Sarez ko‘li tufayli xavfsiramasa ham bo‘ladi, degan fikrni aytishgan, deb yozgan nashr.