O‘zbekistonlik shifokorlar yakshanba kunlari ko‘cha tozalashadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini qiynab kelayotgan masalalardan biri - shanbaliklar bekor qilingan edi. Biroq ularning o‘rniga endilikda yakshanbaliklar joriy qilindi

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekistonda shifokorlar uchun "yakshanbalik" e’lon qilindi. Endi ular navbatma-navbat har yakshanbada o‘zlariga qarashli tibbiy muassasa atrofini tozalashadi.

Bunday amaliyot — shifokorlarni ancha yillardan buyon qiynab kelgan — shanbalik masalasi bekor qilinganidan bir yil o‘tib joriy qilindi.

Sun’iy jigar qon tozalovchi apparatiga ulangan be’mor - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tibbiyot sohasini yana bir bor tanqid qildi
Shanbalikdan endi zo‘rg‘a qutulgan shifokorlar "yakshanbalik"ni qanay qutib oladi? Axir bir emas, ikkitalab diplomga ega shifokorlarning ko‘chada supurgi ko‘tarib turishlari yoki latta bilan devor va to‘siqlarni yuvishlari…

"O‘zbekistonda bir yildan buyon ish haftasi davomida sog‘liqni saqlash mutaxassislari tomonidan hududlarni majburiy tozalash amaliyoti qo‘llanilmayapti", — dedi brifing davomida Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Galina Turmanova.

Turmanovaning aytishicha, shanbaliklar bekor qilingan. Lekin uning o‘rniga "yakshanbalik"lar joriy qilingan.

"Mening fikrimcha, shaharda, o‘zi ishlaydigan davolash maskani hududida tozalash ishlarini olib borishning yomon tomoni yo‘q. Men har bir shifokor o‘z muassasasining fidoyisi bo‘lishi kerak, degan fikrdaman. Endilikda shifokorlar "yakshanbaliklarga chiqishapti, albatta, hammasi birdaniga emas, bu ish navbatiga, ortiqcha tashvishlarsiz amalga oshirilyapti", — dedi Turmanova.

Biroq poytaxtning boshqa tibbiyotchilari ham "yakshanbaliklar" haqida shunday fikrdamikin? Ish kunida shifokorlar ishlashi, dam olish kuni esa hordiq chiqarishlari lozim emasmi? Buni vaqt ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0