Merkel gapi qovushmayotgan Rossiya bilan do‘st bo‘lish tarafdori

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishGFR kansleri Angela Merkel
GFR kansleri Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 17-fevralida Munxenda 53-xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan anjuman boshlandi. Tadbirda butun dunyodan 500dan ortiq oliy martabali siyosatchilar va ekspertlar ishtirok etmoqda

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Garchi ko‘pgina masalalarda fikrimiz bir joydan chiqmayotgan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash darkor, dedi Angela Merkel, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Rossiya — bizning tashqi chegaralarimizdan biri va bizning qo‘shnimizdir, garchi ko‘pincha fikrlarimiz ayro tushayotgan bo‘lsa-da, men Rossiya bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatilishi uchun ovoz berishda davom etaman", — deb aytgan Merkel Munxenda bo‘lib o‘tayotgan xavfsizlik anjumanidagi chiqishi davomida.

8 iyulda Varshavada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti - Sputnik O‘zbekiston
NATO sammiti: alyans Moskvadan bo‘ladigan "xatar"ga javob topishga urinmoqda
Merkelning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Rossiya-NATO aktiga amal qilish talab etiladi.

Merkel shuningdek, Rossiya va G‘arbning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda umumiy manfaatlari borligini qo‘shimcha qilgan.

Germaniya kansleri shuningdek, Rossiya-NATO yig‘inida gibrid urush masalasini ham muhokama qilib olish kerak, deb aytgan.

"Bizga ayonki, Rossiya gibrid urush strategiyasiga mudofaa turlaridan biri sifatida qaraydi. Va agar men biror istakni ayta olganimda, u holda, Rossiya — NATO kengashi doirasida mana shu masala ko‘rib chiqilsa ayni muddao bo‘lar edi", — degan Merkel.

Kansler "gibrid urush demokratiya uchun jiddiy chaqiriq bo‘ldi", deya qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "gibrid urush" konsepsiyasi o‘tgan asrda AQShda ishlab chiqilgan bo‘lib, rasmiy Vashington tomonidan butun dunyo bo‘yicha mamlakatlardagi rejimlarni almashtirishda faol qo‘llanib kelingan.

Konsepsiyaning asl mohiyati fuqarolar, harbiylar, axborot va iqtisodiy vositalardan foydalangan holda, muayan bir davlatda tinchlikni izdan chiqarishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0