Toshkentda shifoxonaga bemorlarning dori-darmon olib kelishlariga chek qo‘yiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKasalxona
Kasalxona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalarini xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘lar kamida ikki barobarga oshiriladi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkent shahar hokimi "Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi shifoxonalarga dori-darmon va bog‘lov vositalarini xarid qilish uchun ajratilayotgan mablag‘lar kamida ikki barobarga oshiriladi.

Shifoxonada yotib yoki statsionar tartibda davolanayotgan bemorlarni tibbiyot muassasasida mavjud dori-darmon vositalari bilan tanishtirib borish maqsadida barcha palatalarda dori-darmon vositalarining ro‘yxatlari o‘rnatilib, bemorlar tomonidan olib keltirilishiga qat’iyan chek qo‘yiladi.

Mazkur qarorga ko‘ra, shuningdek, tuman hokimiyatlari soliq inspeksiyalari bilan hamkorlikda yirik tibbiyot muassasalari joylashgan hududda faoliyat olib borayotgan dorixonalarda, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi yuzasidan monitoring o‘tkazadilar va qonun buzilish holatlari aniqlanganda qonun doirasida chora ko‘radilar.

Yangiliklar lentasi
0