Saxalinda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan migrantlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishIShID bayrog‘i
IShID bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olinganlar Rossiyada anchadan buyon noqonuniy yashab kelishgan. Ulardan biri chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlari uchun O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Saxalinda "Islom davlati" safida Suriyadagi janglarda qatnashish uchun ketayotgan Markaziy Osiyolik bir guruh migrantlar qo‘lga olindi, deb xabar berdi RIA Novosti Rossiya FXX (FSB) Saxalin viloyati chegara boshqarmasiga asoslanib.

Odil sud ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Suriyaga yo‘l olmoqchi bo‘lgan ekstremistlarga hukm o‘qildi

"Rossiya FXX Saxalin viloyati chegara boshqarmasi Rossiya FXX hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda uchinchi davlat orqali Suriyaga "Islom davlati" safida jang qilish uchun ketayotgan Markaziy osiyoliklardan iborat guruhni fosh qildi. Guruh a’zolaridan biri g‘oyaviy yetakchi bo‘lgan", — deyiladi xabarda.

FXXning ma’lum qilishicha, ularning barchasi Rossiyada anchadan buyon noqonuniy yashab kelishgan. Ulardan biri chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlari uchun O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan.

Xabar berilishicha, qo‘lga olingan to‘rt shaxs sud qaroriga ko‘ra o‘z vatanlariga jo‘natilgan va chora ko‘rilishi uchun tegishli hamkor muassasaga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0