O‘zbekiston Rossiyada muddati tugagan avtomobillarni qayta ishlamoqchi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishUtilizatsiya
Utilizatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiya hududida o‘z hisobidan avtomobillarni utilizatsiya qiluvchi korxona qurish evaziga avtomobillarni Rossiyaga import qilishda to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imini bekor qilishni taklif etdi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston hukumati avtomobillarni import qilishda olinadigan utilizatsiya yig‘imini bekor qilish evaziga o‘zbek avtomobillarini utilizatsiya qiluvchi korxona qurishni taklif qildi, deb xabar berdi RIA Novosti o‘z manbasiga tayanib.

Rossiyada yangi va foydalanilgan transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi undirish 2012-yil 1-sentabrdan joriy etilgan. Yig‘imning joriy etilishiga Rossiyaning JSTga kirishi va transport vositalari uchun import yig‘imi 30%dan 25%ga tushirilishi sabab bo‘lgan.

"O‘zbekiston Rossiya hududida o‘z hisobidan avtomobillarni utilizatsiya qiluvchi korxona qurish evaziga avtomobillarni Rossiyaga import qilishda to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imini bekor qilishni taklif etdi", — dedi agentlik manbasi.

Uning aytishicha, mazkur tashabbus O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Toshkentda bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida muhokama qilindi.

"Tomonlar hozirda ushbu taklifni o‘rganishmoqda, xususan, utilizatsiya korxonasini joylashtirish uchun maydon ajratish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda", — dedi manba.

Avtomobil konveyeri - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda o‘zbek avtomobillari ishlab chiqariladi

Utilizatsiya — xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan yoki nuqsonli mahsulotlarni qayta ishlash, qayta foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishda uning utilizatsiya qilinish darajasi ham ko‘rib chiqiladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi chiqindilar va ishlab chiqarilgan mahsulot foydalanish muddati tugaganidan so‘ng utilizatsiya qilinadi.

Ilgariroq O‘zbekiston Rossiyadan shuningdek, o‘zbek distribyutorlariga utilizatsiya yig‘imlarini to‘lashni kechiktirishni, to‘lovni avtomobil xaridorga sotilganidan so‘ng yoki bojxona ko‘rigidan o‘tganidan so‘ng 90 kun davomida to‘lash imkoniyatini berishni so‘ragandi.

O‘zbekiston tomonining bildirishicha, avtomobillar uchun utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi o‘zbek avtomobillarining qimmatlashiga va mahsulotning Rossiya bozoriga kirishi sharoitlari yomonlashishiga olib kelgan.

Yevropa biznesi avtoishlabchiqaruvchilar assotsiatsiyasi qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilda GM Uzbekistanning Rossiyadagi savdo hajmi 1,96 baravarga —10385 dona avtomobilga tushib ketgan. Utilizatsiya yig‘imi joriy etilgan 2012-yildan buyon GM Uzbekistanning Rossiya bozoridagi savdo hajmi deyarli 8,5 baravarga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0