TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida "Seni yaxshi ko‘ramiz, O‘zbekiston!" nomli publitsistik maqolalar to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi ziyouz portali.
"O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali yoshlarni ushbu to‘plamning chop etilishi bilan qutlarkan, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan, turli yillarda matbuot sahifalarini bezagan ushbu asarlarning kitob holida to‘planishi kitobxonlikni rivojlantirishga arzimas bo‘lsa-da hissa qo‘shishini ta’kidladi", — deyiladi xabarda.
Kitob O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tashabbusi bilan tayyorlangan.
To‘rt qismdan iborat ushbu kitobda 27 nafar yosh publitsistlarning Vatan haqidagi samimiy dil izhorlari o‘rin olgan.