O‘zbekistonda jurnalistlar uchun axloq kodeksi ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / StringerVideokamera
Videokamera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kasb axloq kodeksi jurnalistga nafaqat majburiyat va mas’uliyat yuklashi, balki unga erkinlik va imkoniyat ham berishi kerak, - degan fikrda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekistonda jurnalistlarning kasb axloq kodeksi ishlab chiqilmoqda, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Jurnalistlar kasb taqozosiga ko‘ra barcha sohalarning ichiga kiradi, ma’lumot oladi, surishtiruv o‘tkazadi, o‘z munosabatini bildiradi, ommaga tarqatadi. Sohalar rivoji, islohotlar natijasini yoritish bilan birga kamchiliklarni fosh etadi, aybdorlarni tanqid ostiga oladi. Bu ulardan ulkan mas’uliyatni, yuksak ma’naviyatni talab etadi.

Shoir Muhammad Ismoil - Sputnik O‘zbekiston
Muhammad Ismoil: "Matbuot faol ishlaganda, virtual qabulxonaga hojat yo‘q edi"
O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va ommaviy axborot vositalari tomonidan ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston jurnalistlarining kasb axloq kodeksida ana shu talablar o‘z ifodasini topadi.

YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasida mazkur kodeks loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, axborot agentliklari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

— Ko‘plab mamlakatlarda jurnalistlarning kasb axloq kodekslari ishlab chiqilgan, — dedi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat. — Albatta, har bir kodeks o‘ziga xos xususiyatlarga ega, lekin ularning asosiy tamoyillari deyarli bir xil: xolislik va haqqoniylik, betaraflik, halollikka amal qilish, axborotning ishonchliligini ta’minlash, axborot manbalarining maxfiyligini saqlash, inson huquq va erkinliklari, shaxs qadr-qimmatini hurmat qilish. Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, o‘zbek milliy jurnalistikasi uchun axloq kodeksini yaratish soha rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kodeks loyihasi jurnalistning kasb majburiyati, ijtimoiy mas’uliyati, halollik va betaraflik, axborotning ishonchliligi va xolisligi, axborot manbalari va ularning maxfiyligi, inson huquq va erkinliklari, shaxs qadr-qimmatini hurmat qilish, halol raqobat, jurnalistlarning kasb faoliyatini himoyalash, jurnalist etikasi prinsiplari va normalarini buzganlik uchun javobgarlikni o‘z ichiga oluvchi to‘qqiz bo‘limdan iborat.

— Kasb axloq kodeksi jurnalistga nafaqat majburiyat va mas’uliyat yuklashi, balki unga erkinlik va imkoniyat ham berishi kerak, — dedi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov. — Shu nuqtayi nazardan loyihani yanada takomillashtirish, soha mutaxassislarining taklif va tavsiyalarini chuqur o‘rganish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Davra suhbatida soha vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashgan. Loyihani takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0