AQShning yirik shaharlarida migrantlar ish tashlash e’lon qildi

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishTramp farmoniga qarshi Vashingtonda o‘tkazilgan miting
Tramp farmoniga qarshi Vashingtonda o‘tkazilgan miting - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning qator yirik shaharlarida payshanba kuni "Immigrantlarsiz bir kun" aksiyasiga start berildi. Buning natijasida Amerikadagi biznesmenlar faoliyatida uzilishlar ro‘y berdi, migrantlar esa pul sarflashdan qat’iy bosh tortdilar

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. AQShning bir qator yirik shaharlarida migrantlar ish tashlash e’lon qilishdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, payshanba kuni AQShning qator yirik shaharlarida "Immigrantlarsiz bir kun" aksiyasi start oldi, bu biznesdagi uzilishlar va muhojirlarning pul sarflashdan bosh tortishlariga olib kelgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi qonunga farmonni imzoladi - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQShga kirish tartibini kuchaytirib, qochqinlarni qabul qilishni to‘xtatdi
Aksiyadan maqsad AQSh prezidenti Donald Trampga migrantlar mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shayotganliklarini namoyish etish bo‘lgan.

Ilgariroq Tramp Amerikaga kirib kelayotgan muhojirlarga qarshi qaratilgan bir nechta farmonlarga imzo chekkani haqida xabar qilgan edik.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, "aksariyat muhojirlar va biznesmenlar migrantlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida payshanba kuni ishlashdan voz kechgan".

"Immigrantsiz bir kun" tufayli Amerikaning madaniy hayoti ham jabr ko‘rgan. Xususan, Massachusets shtatida Davis Museum muzeyi rahbariyati migrant-rassomlar tomonidan yaratilgan yoxud migrantlar tomonidan muzeyga taqdim etilgan san’at asarlarini devorlardan yechib olgan. Kartinalar o‘rniga "migrant tomonidan yaratilgan yoki taqdim etilgan" degan taxtachalar osib qo‘yilgan.

Nashr xabariga ko‘ra, norozilik namoyishlariga AQSh prezidenti Tramp tomonidan jinoyatlarda aybdor deb topilgan migrantlarga nisbatan deportatsiya qoidalari kuchaytirilishi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Trampning yetti mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini vaqtincha ta’qiqlash haqidagi farmoni ham migrantlar orasida norozilik uyg‘otgan.

Yangiliklar lentasi
0