Sud departamenti xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

© fotoliaKishan
Kishan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tovlamachi dastlabki tergovda aybiga iqror bo‘lmadi. Biroq rad qilib bo‘lmaydigan dalillar ko‘rsatilganidan so‘ng u aybiga to‘liq iqror bo‘ldi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda pul evaziga sud organiga ishga joylashtirishni va’da bergan tovlamachini qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tizimi vakili ma’lum qildi.

Pora olgan shaxs - Sputnik O‘zbekiston
20 ming dollar pora so‘ragan mansabdor qo‘lga olindi

Toshkent shahri Olmazor tumani sud ijrochilari bo‘limining jamoatchi yordamchisi Murodjon Miranvarov fuqarolardan birini shu bo‘limga sud ijrochiligiga ishga joylashtirishda yordam berishini aytib undan 5 ming dollar so‘ragan.

"Murodjon Miranvarov so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tovlamachi dastlabki tergovda aybiga iqror bo‘lmadi. Biroq rad qilib bo‘lmaydigan dalillar ko‘rsatilganidan so‘ng u aybiga to‘liq iqror bo‘ldi", — dedi MXX vakili.

Unga nisbatan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida Miranvarovning sheriklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0