TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Yaqin orada O‘zbekistonda Rossiyaga ishga kelayotgan migrantlarni moslashtirishi markazi ochilishi bilan bir vaqtda Rossiya hududida uzuluksiz ishlaydigan "ishonch telefoni" ishga tushadi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.
Ushbu rejalar O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasining Rossiya Tashqi Mehnat migratsiyasi agentligi va Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi vakillarining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida e’lon qilindi. Uchrashuvda shuningdek Sankt-Peterburg ijroiy hukuati vakillari, IIV hududiy bo‘limlari vakillari va bir qator jamoat tashkilotlari vaklillari ishtirok etishdi.
O‘zbekistonda tashkil qilinishi reajalashtirilayotgan Migratsiya markazlari, Rossiyaga ishga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni Rossiya qonunchiligi va qonuniy ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishtiriladi.
Rossiya hududida tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan "ishonch telefonlari"esa, migrantlar savollariga javob berish bilan shug‘ullanadi. Ushbu qo‘ng‘iroq markazi operatorlari turli xil murakkab vaziyatga tushib qolgan migrantlar muammolarini qonuniy yo‘l bilan ham qilishda yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegatsiyasi Noyabr boshidan beri Rossiyaning bir necha shaharlarida bo‘lib u yerdagi diaspora va mahalliy hukumat vakillari bilan uchrashishdi. Kemerova va Krasnodar viloyatlarida ham ushbu kabi "ishonch telefonlari" tashkil qilish haqida kelishib olingani haqida xabar bergan edik.