TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Kompaniya saytida bildirilishicha, tanlovda kiyim dizaynini ishlab chiqish sohasida 5-yillik tajribaga ega bo‘lgan, mulkka egalik shaklidan qat’i nazar turli firma va kompaniyalar, jumladan, kichik va o‘rta biznes korxonalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov ishtirokchilari yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari va ushbu turdagi xizmat ko‘rsatish yuzasidan qonuniy vakolatga ega bo‘lishlari lozim.
Tanlovda ishtirok etish uchun da’vogarlar mustaqil ravishda yoki kiyim dizaynini ishlab chiqish/tayyorlash/ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa kompaniyalar bilan birgalikda, faqat bitta buyurtma bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov takliflari 2017-yilning 20-mart kuni soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.
Milliy aviakompaniya matbuot xizmati tanlov takliflari ikkita muhrlangan konvertda taqdim etilishi kerakligini ma’lum qilgan.