Milliy aviakompaniya 25-yilligini nishonladi

© uzairways.comUzbekskie avialinii - 25 let
Uzbekskie avialinii - 25 let - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillik bilan hamnafas bo‘lgan "O‘zbekiston havo yo‘llari"ning 25-yillik davri - intilish, rivojlanish va zamonaviylashtirish davri bo‘ldi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Kecha Toshkentda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining 25-yilligi nishonlandi. Avaikompaniya va uning bir guruh xodimlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi, aviakompaniya xabariga asosan.

Aholining uzog‘ini yaqin qilish va xalqaro maydonda O‘zbekiston obro‘sini yuksak ko‘tarishda uchun fuqaro aviatsiyasining roli o‘ta muhim. Bugungi kunda o‘zbekiston Milliy avikompaniyasi samolyotlari dunyoning 50dan ortiq shaharlarga doimiy parvozlar amalga oshirmoqda. 2016-yilda aviakompaniya 2,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi va 43 ming tonna yuk tashidi.

Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Havo yo‘llari yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston Havo yo‘llari Airbus A-320, Boeing —757/767/787, Il-114-100 kabi faqat zamonaviy samolyotlardan foydalanadi. Mustaqillikning 25-yilliga arafasida O‘zbekiston havo yo‘llari ikkita eng zamonaviy "Boeing-787-8 Dreamliner"  samolyotlaridan foydalanishni boshladi.

O‘tgan 25-yil davomida kompaniya nafaqat transport vositalarini balkim yerdagi infraqurilma tizimlarini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistonda joylashgan barcha 11 aeroport kapital ta’mirdan chiqdi va "xalqaro" maqomga ega bo‘ldi. "Toshkent", "Samarqand", "Buxoro" va "Urgench" aeroportlari bir qator xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lishdi.

Undan tashqari "Navoiy" aeroporti asosida Xalqaro intermodal logistika markaziga aylantirilib bu yerda eng zamonaviy yuk aviatsiya majmuasi qurildi. Bugungi kunda "Navoiy" dunyoning yetakchi logistika markazlari bo‘lgan Frankfurt, Milan, Brussel, Vena, Saragosa, Oslo, Bazel, Dubai, Deli, Tegeran, Shanxay va boshqa shaharlari bilan bog‘langan.

Ayni damda Toshkent aeroportida ham zamonaviy «Toshkent-4» terminali qurilish ishlari boshlab  yuborilgan. Yangi terminal soatiga 1500 yo‘lovchi qabul  qilish imkoniga ega bo‘ladi. Janubiy Koreya mutaxassislari bilan hamkorlikda qurilayotgan ushbu majmua 2019-yilda ishga tushirilish rejalashtirilgan

Yangiliklar lentasi
0